14-16 iyul kunlarida AQŞ mezbonligida ötkazilayotgan KONKAKAF Kubogi uçun turnirning 3 tur uçraşuvlari bölib ötdi.
14 iyul kuni "A" guruhida Gaiti Gondurasni 1:0 hisobida mağlub etgan bölsa, guruhdan çiqiş vazifasini muddatidan oldin hal qilgan AQŞ terma jamoasi Panama bilan 1:1 hisobida durang öynadi. Natijda, AQŞ hisobida 7 oçko, Gaiti hisobida esa 4 oçko töplandi. Panama va Gonduras 3 va 1 oçkolari bilan keyingi örinlarda qolişdi. Panama keyingi bosqiçda öynaydi.
Gaiti - Gonduras 1:0
Gol: Nazon (14)
Panama - AQŞ 1:1
Gollar: Peres (34) - Bredli (55)
15 iyul kuni ötkazilgan "V" guruhi öyinlarida Yamayka Salvadorni 1:0 hisobida mağlub etdi. Kanada esa Kosta-Rika bilan nursiz durang qayd etdi. Endilikda, Yamayka 7 oçko bilan guruh peşqadamiga aylandi. Kosta-Rika 3 oçko bilan ikkinçi, Salvador va Kanada esa 2tadan oçko jamğargan holda uçinçi va törtinçi örinlarni band etişdi.
Yamayka - Salvador 1:0
Gol: Makkliri (72)
Çetlatiş: Mettoks (82, Yamayka)
Kanada - Kosta-Rika 0:0
16 iyul kuni "C" guruhida ham guruh bosqiçi yakunlandi. Dastlabki 2 turda mağlub bölgan (Kuba-Meksika 0:6, Kuba-Trinidad va Tobago 0:2) hamda birorta gol ura olmagan kubaliklar Gvatemala terma jamoasini 1:0 hisobida taslim etişdi. Guruhning ikkinçi uçraşuvida esa gollar şousi namoyiş etilib, turnirning eng gollarga boy öyinida muxlislar darvozalar 8 marta işğol etilişiga guvoh bölişdi. Meksika hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari 4:4 hisobidagi jangovor durang qayd etişdi.
Endilikda, bu guruhdan Trinidad va Tobago 7 oçko bilan birinçi örinda, Meksika esa 5 oçko bilan ikkinçi örinda çiqişadi. Kuba ham keyingi bosqiç yöllanmasiga ega bölgan.






