17 iyul kuni Toşkentdagi olimpiya zaxiralari Respublika tennis maktabi kortlarida tennis böyiça norasmiy jahon çempionati sanalmiş Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinçi guruh ikkinçi bosqiçidan örin olgan Özbekiston – Janubiya Koreya uçraşuvi boşlandi.
Jamoalar Jahon ligasining ötiş turniri yöllanmasi uçun bahs olib borişadi. Özbekiston şarafini Petr Lebed boş murabbiyligidagi Denis Istomin, Farrux Döstov, Temur Ismoilov va Sanjar Fayziyev kabi tennisçilar himoya qilişmoqda.
Birinçi bölib kortga çiqqan Farrux Döstov janubiy koreyalik raqibi Xeon Çanguga 7:6, 4:6, 3:6 va 6:7 hisoblarida mağlub böldi.
Biroz keyinroq ötkazilgan Denis Istomin va Seong Çan Xong qarama-qarşiligida esa Özbekiston vakili 6:2, 6:2 va 6:3 hisoblarida ustun kelgan.
18 iyul kuni Istomin va Döstov juftligi Ji Sung Nama va Min-kyu Song juftligiga qarşi bahs ötkazişadi. 19 iyul kuni esa Farrux Döstov Seong Çan Xong bilan, Istomin esa Xeong Çang bilan öynaydi.






