Tailandda matemetika fani böyiça ötkazilgan 56 Xalqaro fan olimpiadasida Özbekiston vakillari Jamşid Yaxşiyev, Abbos Muhamedov va Sardor Bozorboyev bronza medallarini qölga kiritişdi.

Xalqaro olimpiadada sovrindor bölgan bu bolalar kelgusida Özbekistondagi Oliy öquv yurtlariga imtihonlarsiz qabul qilinişadi.

Qayd etiş joizki, olimpiadada sovrindor bölganlarning 2 nafari, Yaxşiyev va Muhamedov Buxoro viloyatidagi 3 Qoraköl akademik litseyi öquvçilari hisoblanişadi. Bu litsey vakillari şu vaqtgaça xalqaro olimpiadalarda 33ta medal olib qaytişgan.