Şotlandiyaning Glazgo şahrida suziş böyiça paralimpiyaçilar örtasida jahon çempionati ötkazilmoqda. Xalqaro paralimpiya qömitasi hamda Xalqaro suziş federatsiyasi şafeligida ötkazilayotgan mazkur dunyo birinçiligida jahonning köplab yetakçi sportçilari ğoliblik uçun bahs yuritişmoqda.

E'tiborlisi, mazkur musobaqada Vatanimiz şarafini himoya qilayotgan Dmitriy Xorlin 400 metr masofaga erkin usulda suziş böyiça bölib ötgan bahslarda 4:09,36 soniya natija qayd etib, jahon çempionatining bronza medaliga sazovor böldi. Dmitriy, şuningdek, uşbu körsatkiç bilan Osiyo rekordini ham yangilaşga muvaffaq böldi.
2012 yili London şahri (Buyuk Britaniya)da ötkazilgan Paralimpiya öyinlari hamda 2014 yili Inçeon (J.Koreya)da bölib ötgan Paraosiyo öyinlarida bir neça bor qit'a rekordini yangilagan yana bir yurtdoşimiz Kirill Pankov ham mazkur jahon çempionatida erkin va çalqança usulda suziş musobaqalarida munosib iştirok etib, yana bir bora Osiyo rekordlarini yangilaşga erişdi. Jahon çempionati 19 iyulga qadar davom etadi.
Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmati.






