Işonavering, roppa rosa 10 yildan söng, siz Nyu-York, London va Gonkong kabi eng yirik, zamonaviy şaharlarni yodingizdan çiqarib yuborasiz. Nega deysizmi? McKinsey tadqiqotçilarining sözlariga köra, 2025 yilda aynan uşbu şaharlar öz örni va nomini yangi şaharlarga böşatib beradi. Marhamat, tadqiqotçilar taqdim etgan şaharlar röyxati bilan tanişing. 

DOXA, QATAR:

Doxa butun dunyoda yalpi içki mahsulot işlab çiqariş borasida yetakçilik qilmoqda. Qatar davlatida joylaşgan uşbu şahar eng  badavlat şaharlar sirasiga kiradi va 2022 yilda futbol böyiça ötkaziladigan jahon çempionati öyinlariga aynan uşbu şahar mezbonlik qiladi.  

BeRGeN, NORVeGIYa

Norvegiyaning uşbu şahri aholi soni jihatdan ikkinçi örinda turadi. McKinsey tadqiqotçilarining sözlariga köra, Bergen iqtisodiy jihatdan dunyoda yetakçilik qiliş salohiyatiga ega.  Port şahar sifatida Bergen Norvegiyaning neft-gaz va işlab çiqariş sohasida eng asosiy böğini hisoblanadi. 

TRONXeYM, NORVeGIYa

Tronxeym mobil apparat texnologiyalari işlab çiqariş böyiça yetakçilik qiladi. 1980 yilda Norvegiyaning uşbu şahrida GSM aloqasi yaratilgan. Rasmiy ma'lumotlarga köra, şaharda yaşovçi 10 mingdan ortiq insonning 550 dan ortiği startaplardan iborat. 

XVASON, JANUBIY KOReYa

Uşbu şahar garçi unçalik tanilmagan bölsa-da, Seulning janubiy qismida aynan Hyundai va Samsung, Kia va LG Electronics kabi kompaniyalar faoliyat olib boradi. Şaharning Dongtang tumanida şahardagi eng yirik va zamonaviy quriliş mollari işlab çiqariladi. Şu sababli şahar hokimiyati uy-joy qurilişiga, superzamonaviy deya ta'riflangan Dongtang tumaniga katta miqdorda pul sarflaydi.  

ANSAN, JANUBIY KOReYa

Ansan – Janubiy Koreyadagi sanoatlaşgan şaharlardan biri hisoblanadi. Şahar Xitoy yaqinidagi port şahar sifatida Pxyontxekga egalik qiladi.  

ReYN-RUR, GeRMANIYa

Reyn-Rur konglomerat şahar sifatida Germaniyadagi eng boy şaharlardan biri hisoblansa, Yevropada Parij va Londondan söng uçinçi örinda turadi. "Fortune" röyxatidagi 500 ta Yevropadagi eng kuçli iqtisodiy kompaniyadan 12 tasining asosiy ofisi aynan mana şu şaharda faoliyat olib boradi. 

MAKAO, XITOY XALQ ReSPUBLIKASI

Uşbu şahar ötgan yilning oxirida 2025 yilga kelib dunyoning eng boy mamlakatlar öntaligi qatoridan joy oluvçi şahar sifatida nomzodlikka da'vogar edi, hozirda esa kuçli iqtisodiy qiyinçilikni boşdan keçirmoqda. Makaoga asosiy foyda keltiruvçi kazinolardagi poraxörlik evaziga uning qtisodiy imkoniyatlari 17 foizga qisqardi. Kelgusi yil Makaoning iqtisodiy imkoniyatlarida özgarişlar kuzatilişi mumkin, buning uçun byudjyet daromadlari uçun diversifikatsiya kerak böladi.