Times gazetasi rossiyalik biznesmen Maks Fridzonning prezident Vladimir Putinga qöygan ayblovlarini şarhlab ötdi. Uning aytişiça, Putin Sankt-Peterburg hokimining örinbosari bölgan paytda neft kompaniyasining 4 foiziga ega bölgan.
Fridzon hozirlikda “LUKOyl” va “Gazprom” bilan sudlaşmoqda. Biznesmenning ta'kidlaşiça, u 1995 yilda asos solgan Sovex kompaniyasidagi uluşidan qalloblik yöli bilan judo qilingan. Kompaniya “Pulkovo” aeroportiga yoqilği yetkazib beriş huquqini qölga kiritgan.
Gazetada yozilişiça, Putinga qarşi qaratilgan bu ayblovlar Nyu-York sudiga Fridzon tomonidan topşirilgan da'vo arizasida aks etmagan.
Times gazetasida e'tirof etilişiça, AQŞ Putinning 90-yillarda öz şeriklari bilan mana şunday yöllar bilan katta boylikka ega bölgani borasida isbot-dalil töplagan. Endilikda, agar Putin Ukrainada tinçlik örnatişga tösqinlik qilsa, u va uning atrofidagilarga nisbatan sanksiyalar yanada kuçaytiriladi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov gazetaga bergan intervyusida bu ma'lumotlarning haqiqatga mos kelmasligini ta'kidladi. Şuningdek, u Fridzonning ayblovlarini inkor qildi.
Gazetada ta'kidlanişiça, Peskov unga berilgan 20ta savolga bir xilda “yolğon” yoki “haqiqatga töğri kelmaydi” deb javob bergan. Bu savollarning bari Putinning noqonuniy yöllar bilan milliardlab dollar töplagani borasidagi mişmişlarga oid edi.
Britaniya matbuoti: Putinning milliardlab dollari bormi?
18:33 / 20.07.201515 8972 min






