Moldova poytaxti Kişniyov şahrida terrorizmda gumon qilingan Rossiya va Özbekiston fuqarolari qölga olindi. Bu haqda Moldova axborot va xavfsizlik xizmati (SIS) ma'lumotlariga tayanib Ukrinform naşri xabar tarqatmoqda.

«Qamoqqa olingan Özbekiston fuqarosi «Şarqiy Turkiston islom harakati» terrorçilik taşkiloti a'zosi sifatida şubha ostiga olingan. Bundan taşqari transmilliy terrorçilik guruhlaridan biri a'zosi sifatida Rossiya hududida qidirilayotgan Şimoliy Osetiya fuqarosi ham hibsga olindi», deyiladi taşkilot xabarida.

Hozirda mazkur jinoyatçilar Moldova muhojirlarning vaqtinça yaşaş markazidan çiqarib olingan.

SIS bergan xabarda aytilişiça, terrorçilarni qölga olişda mahalliy IIVning alohida xodimlari ham jonbozlik körsatgan. Bundan taşqari, xabarda aytilişiça, jinoyatçilar qölga olinganida ularning qarorgohida bir neça öqotar qurollar va harbiy kiyimlar topilgan.