Taniqli suxandon, bir neça oy muqaddam öldirib ketilgan Rahmatilla Mirzayevning turmuş örtoği Raisa Mirzayeva “Darakçi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyuda u marhum bilan qanday tanişgani, turmuş keçirgani haqida gapirdi, şuningdek, öğlining uşbu jinoyatga aloqasi borligiga şubha bildirdi.
“Biz Rahmatilla aka bilan 1975 yilda dugonamning tuğilgan kunida tanişganmiz, – hikoya qilib berdi Raisa Mirzayeva. – Öşa yil men çet tillar institutini, Rahmatilla aka esa teatr san'ati institutini tugatdik. U kişini ota-onam bilan taniştirdim. Avvaliga uning suxandon ekanligi ularga yoqmadi. Keyinçalik u bilan yaqinroq tanişişganidan söng yoqtirib qolişdi. Kunlarning birida Rahmatilla aka ilk uçraşuvlardayoq oramizda mehr paydo bölganini anglab, hammasini har tomonlama öylab körgani va yakuniy qarorga kelganini aytdi”.
Bundan taşqari, suxandon oilaviy munosabatlari nega darz ketgani haqida gapirib berdi:
“Taniqli erkaklar atrofida doim har xil ayollar, muxlisalar böladi. Ularning ayrimlari birovlarga tegişli narsalarga darhol egalik qilişni istaşadi. Ikki nafar farzandi bor, oilali erkakni yöldan urişga tayyor ayol baxtimizga soya soldi. Afsuski, bundaylar bugun köplab begunoh ayollar va bolalarning baxtiga zavol bölişadi. Heç qaysi ayol mening örnimda bölişni istamasa kerak. Umr yöldoşim bu hodisani hayotidagi eng katta xato deb qabul qilgan. Yillar davomida u oilamizni qayta tiklaşga intildi. 8 mart kuni biryöla ikkita töy haqida yaqinlarimizga ma'lum qilmoqçi edik: bu bizning qayta oila qurişimiz va öğlimizning töyi haqida! Afsus...”.
Raisa Mirzayeva öğli Umidning otasi bilan munosabati yaxşiligini, şu bois uning bu jinoyatga aloqasi borligidan şubhada ekanligini ma'lum qildi:
“Umidning hayotida esa ota-ona asosiy inson edi. u otasini juda yaxşi körar, unga ğamxörlik qilar, tez-tez oldiga borib turar, uydagi işlarni bajarar, otasi yöqligida uyda hammasiga boş-qoş bölardi. Rahmatilla aka bolalaridan itoatkor bölişni talab qilardi...
... 15 fevral kuni. U uyimizga Umidning töyi haqida gaplaşiş uçun kelgan edi. 27 fevral kuni esa oxirgi marta telefon orqali gaplaşgandik. Gap Rahmatilla akaning ölimidan bir neça kun oldin Umidga Lacetti avtomobilini sovğa qilganligi haqida bordi. Umidning Spark’i borku, nima uçun yangi maşina kerak böldi? degan gapimga: Men Umidga va'da qilgan edim, dedi...”.
“Kim nima deyişidan qat'iy nazar, men öğlimning bu fojiaga aloqasi borligiga işongim kelmaydi”, – sözini yakunladi Raisa Mirzayeva.
Rahmatilla Mirzayevning rafiqasi: öğlimning bu fojiaga aloqasi borligiga işongim kelmaydi
23:33 / 20.07.201529 4943 min






