2026-yilgi AQŞ Kongressiga oraliq saylovga 4 kun qolganida taxminan 51 million saylovçi ovoz berib böldi. Röyxatga olingan saylovçilarning beşdan bir qismidan köproği muddatidan oldin öz ovozini berdi. Bloomberg xabariga köra, bu körsatkiç 2022-yilgi rekordni yangilagan - öşanda muddatidan oldin ovoz berişda 45,9 milliondan ortiq amerikalik iştirok etgan edi.
Ovoz beruvçilarning partiyaviy mansubligi kuzatib boriladigan 27 ta ştatda muddatidan oldin topşirilgan byulletenlarning 43 foizi demokratlar, 31 foizi esa respublikaçilar hissasiga töğri kelmoqda.
Florida universiteti huzuridagi Saylovni örganiş laboratoriyasi direktori Maykl Makdonald sözlariga köra, «muddatidan oldin ovoz berayotgan saylovçilar köproq Demokratik partiyaga moyillik bildirdi». Uning qöşimça qilişiça, bevosita saylov kuni elektorat odatda respublikaçilar tomon oğadi.
3-noyabr kuni AQŞda oraliq saylov bölib ötadi. Unda Vakillar palatasining barça 435 nafar aʼzosi, 100 nafar senatordan 35 nafari hamda 36 ta ştat gubernatori qayta saylanadi. Respublikaçilar Kongressning ikkala palatasi ustidan nazoratni saqlab qolişi va şu orqali AQŞ prezidenti Donald Trampga ikkinçi muddatining qolgan ikki yilida öz siyosatini tösiqlarsiz yuritiş imkoniyatini taʼminlab bera olişi uşbu saylov natijalariga boğliq.












