Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Peter Burian boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida Oliy Majlisning Qonunçilik Palatasi va Senatida, vazirlik va idoralarda, inson huquqlari milliy markazida bir qator uçraşuvlar ötkazildi.
Qonunçilik Palatasi spikeri N. Ismoilov bilan uçraşuvda mamlakat YeI bilan har tomonlama aloqalarni muntazam va uzluksiz ravişda rivojlantirib borayotgani, iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy sohalardagi hamkorlikning istiqbollari balandligi alohida ta'kidlab ötildi.
Parlamentlararo hamkorlik ikki tomonlama aloqalarning eng istiqbolli yönalişlaridan biri hisoblanmoqda. Bu yönalişni yanada rivojlantiriş maqsadida “Özbekiston-YeI” parlament hamkorligi qömitasi taşkil etildi.
Şuningdek, YeI Özbekiston bilan siyosiy dialogni mustahkamlaş masalasiga jiddiy e'tibor berayotgani ta'kidlandi. Xususan, Afğonistonda tinçlik va barqarorlik örnatiş, u yerda qayta tiklaş işlarini olib borişda Özbekistonning örni beqiyosdir.
“Özbekiston” axborot agentligining xabar berişiça, inson huquqlari böyiça milliy markazda ötkazilgan uçraşuv çoğida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilişga ustuvor va eng istiqbolli yönaliş sifatida qaralayotgani alohida qayd qilib ötildi. Bu sohani rivojlantiriş uçun bir qator xalqaro taşkilotlar, şu jumladan, YeI bilan ham keng miqyosli hamkorlik yölga qöyilmoqda.