Jizzaxda Özbekiston prezidentining “Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning işonçli himoyasini ta'minlaş, tezkor rivojlaniş uçun tösiqlarni bartaraf qiliş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorini muhokama qilişga bağişlangan oçiq suhbat ötkazildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
Yiğilişda ta'kidlanişiça, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan e'tibor natijasida iqtisodiyotda uşbu sektorning uluşi muntazam ravişda oşib bormoqda. Jumladan, 2014 yilda sohaning sanoatdagi uluşi 41.9 foizni, qişloq xöjaligida 100 foizni, qurilişda 92.6 foizni, pulli xizmatlarda 43 foizni, yuk taşişda 89.4 foizni taşkil qildi. Bu yönalişlarga tijoriy banklar 191.3 mlrd sömlik kredit mablağlari ajratdi.
Bundan taşqari, yilning ötgan davrida umumiy qiymati 116 mlrd sömlik mingdan ortiq loyiha amalga oşirildi.
Jizzaxda xususiy mulkni himoya qiliş muhokama qilindi
18:51 / 21.07.20153 0431 min






