Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin Şvetsiyaning Bastad şahrida davom etayotgan turnirning yakkalikdagi iştirokini ğalaba bilan boşladi.

Istomin mukofot jamğarmasi 439.405 yevroni taşkil etuvçi musobaqaning ilk davrasida argentinalik Diyego Şvartsmanga qarşi kortga çiqdi. Bir soatu 14 daqiqa davom etgan uçraşuvda Özbekiston vakili 6:3, 6:4 hisobida zafar quçdi.

Taqqoslaş uçun, Denis Istomin dunyo reytingida 73, Şvartsman 66-örinni egallab turibdi. Keça tennisçimiz uşbu musobaqaning juftliklar bahsida fransiyalik Stefan Rober bilan birga yana bir fransuz tennisçisi Kenni De Şepper hamda braziliyalik Rojyeriu Silva juftligiga 7:5, 6:7, tay-brekda 4:10 hisobida imkoniyatni boy berib qöygandi.