“QazAvtoJol” milliy kompaniyasi yangi avtomobil yöllarining operatoriga aylanadi. “Olma-Ota” kanalining ma'lum qilişiça, kompaniya 7 ming km yöl uçastkasida yuk taşuvçi transportdan pul undirişni yölga qöyadi.
2020 yilga kelib Qozoğistonda yuk oqimi 30 mln tonnaga yetadi. Bugungi kunda uşbu körsatkiç 17 mln tonnaga teng. Transport koridorining YaIMdagi uluşi 7.5 foizni taşkil qilmoqda. Kompaniya mutasaddilarining fikriça, bundan unumli foydalangan holda, soliq tuşumlarini yanada köpaytiriş mumkin. Aynan şu tufayli bu taşabbus ilgari surildi.