Suriya hududida AQŞ Harbiy-havo kuçlari samolyotlari amalga oşirgan amaliyotlar natijasida "Al-Qoida" guruhi yetakçilaridan biri Muhsin al-Faddi halok bölgan. Bu haqda USA Today naşri xabar berdi.

Pentagon vakili Jyeff Devis ma'lumotlariga köra, uşbu terrorçi Suriyaning şimoli-şarqida, Turkiya bilan çegara hududdagi Sarmad şahri yaqinida yöq qilingan.

Ma'lumot uçun, Muhsin al-Faddi "Al-Qoida"ning "Xuroson" bölimini boşqargan va 2001 yilning 11 sentabrida AQŞda amalga oşirilgan teraktga aloqador bölgan.

Pentagondagilar "Xuroson" guruhini "IŞID"dan köra xavfliroq deb bilişadi.

Biroz oldinroq, AQŞ hukumati uning joylaşgan örni haqidagi ma'lumot uçun 7 mln dollarlik mukofot e'lon qilgandi.