1950-yillarda yoş musiqaşunos A. H. Jabborov unga maktub yöllab, maşhur “Mirzaçöl” syuitasi masalasida bir qança savollar bilan ustoz san'atkorga murojaat qilgan edi. Yudakov, öz navbatida, unga batafsil javob yölladi. Şundan söng ikki bastakor uzoq yillar mobaynida döst bölib qolişdi.
Özbekiston bastakorlar uyuşmasini boşqarib kelgan Jabborov bu maktubni nodir tarixiy yodnoma sifatida asrab kelgani ma'lum böldi. Bundan xabar topgan Kultura.uz sayti muxbirlari Jabborov bilan suhbat uyuştirişdi.
“Öşa paytlar men Namangandagi musiqa öquv yurtida ta'lim olardim, – eslaydi bastakor. – Diplom işimning mavzusi sifatida Ğafur Ğulom şe'riga yozilgan syuita-kantatani tanlagan edim. Men Toşkentga kelib, bu ajoyib san'at asarini stadionda, xor va orkestr ijrosida eşitgan edim. Bundan ilhomlanib, men muallifga maktub orqali bir qança savollar bilan murojaat qilişga qaror qildim. Bu qarorim pedagogimga ham ma'qul keldi. 1952 yil edi. Yudakov barça savollarga javob berdi, meni qiziqtirgan jihatlarga e'tibor qaratdi, va men öz işimda bundan foydalandim. Şu bois men maktubni asrab kelmoqdaman”.
Toşkentda bastakor Solomon Yudakovning noma'lum maktubi topildi
20:19 / 22.07.20156 5822 min






