Alloh taolo oila va nikohning muqaddasligi töğrisida şunday bayon qiladi: “Uning alomatlaridan(yana biri) – sizlar (nafsni qondiriş jihatidan) taskin topişingiz uçun özlaringizdan juftlar yaratgani va örtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kişilar uçun alomatlar bordir” ("Rum"surasi, 21-oyat).
Oila quriş janob Payğambarimizning (s.a.v) sunnatlaridan bölib, bir hadisi şariflarida aytganlar: "Nikoh mening sunnatimdir. Kimki mening sunnatimdan voz keçsa, u men (ummatim)dan emas".
Biz uşbu haqiqatni e'tirof etgan holda turmuş quriş, oila tebratiş va farzand tarbiyasi kabi muhim işlarda diniy va milliy an'analarimizga rioya qiliş bilan birga mamlakatimizda amalda bölgan qonun - qoidalarga ham amal qilişimiz zarur.
Nikoh, oila doimo dolzarb masalalardan hisoblanib kelgan. Islom dinida ham, xalqimizning odatida ham unga e'tibor bilan qarab, oila mustahkamligini ta'minlaşda barça birdek mas'ul bölgan.
Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasining "Şar'iy nikohdan ötiş odoblari" töğrisidagi fatvosi ham çiqarilgan. Unda: "Şar'iy nikoh şartlariga davlatimizning nikoh va oila töğrisida qabul qilgan qaror va qonunlari ham qöşiladi. Masalan, kelin - kuyov şar'iy nikohdan oldin nikohni qayd qiluvçi davlat idoralari röyxatidan ötib, rasmiy guvohnoma olgan bölişlari lozim. Rasmiy nikohdan ötmagan, FHDYo guvohnomasiga ega bölmagan yoş oilalar ajraşib, ona bolasi bilan köçada qolişini hisobga oladigan bölsak, şar'iy nikoh şartlariga hukumat tomonidan berilgan FHDYo guvohnomasining bölişini ham muhim şartlardan biri deb e'tibor qiliş örinlidir. Imomlarning FHDYo guvohnomasini suriştirmay nikoh öqişlari yoş oilalarning ijtimoiy huquqlarini kamsitiş bölsa, guvohnomani körib, söngra nikoh öqişlari huquqiy jamiyat barpo qilayotgan bir vaqtimizda yoş oilalarning ijtimoiy huquqini muhofaza qilişdir..." deyiladi.
Şundan ham körinib turibdiki, oilaning mustahkam bölişi, uning davlat qonunlari bilan muhofazalangan holda qurilişi uçun imom - xatiblarimiz mas'ul ekan, ular nikohni öqiş çoğida yuqoridagi fatvoga amal qilsalar, köngilsiz voqealarning oldi olingan bölardi.
Nikoh va oila masalasiga ota - onalar ham doimo katta ahamiyat berişlari lozim. Ular öz farzandlarini yoş jihatidan oila qurişga tayyor ekanligiga töla qanoat hosil qilib, söngra nikohdan ötkazişlari şart.
Kişi hayotida bir marta böladigan umr savdosi bölmiş nikoh masalasi doimo keng muşohada va kengaş bilan amalga oşirilgani ma'quldir. Şu örinda Payğambarimiz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadisi şariflarini esga oliş joizdir: "Qizlarni turmuşga çiqariş töğrisida onalari bilan maslahatlaşinglar".






