Amerikaning J.D. Power and Associates agentligi mutaxassislari tomonidan 2015 yilning eng yaxşi avtomobillari nomi e'lon qilindi.

Reyting avtomobil egalarining xarididan 90 kun ötgaç, ötkazilgan sörovnoma natijalari asosida taşkil qilindi. Sörovnomada 2015 yilning fevraldan to may oyiga qadar avtomobil sotib olgan 84 000 nafar iştirokçi qatnaşdi. Tadqiqot dizayn, sifat va turli xavfsizlik sistemalari kabi 77 xil mezon böyiça ötkazildi. Uşbu natijalari asosida reyting tuzildi.

Natijalarga köra, eng yuqori körsatkiçni 1000 balldan 874 ball töplagan Porsche markasidagi avtomobillar qölga kiritdi. Bu Porsche kompaniyasining mazkur reytingdagi ketma-ket 11-ğalabasi.

Şuningdek, haydovçilar Jaguar (855 ball), BMW (854), Mercedes-Benz (853) va Audi (852) markasidagi avtomobillarga ham yuqori baho berişdi. 

2015 yilning eng yaxşi avtobrendlari