Samarqand şahar gaz tarmoğida töqiiz oyda uç marta rahbar almaşdi. Bu haqda mahalliy erkin jurnalist Toşpölat Rahmatullayev öz saytida yozmoqda.
“Şahar gaz tarmoği tajriba maydonçasiga aylanib qoldi: oxirgi paytlarda bu yerda yiliga 2-3 rahbar almaşadi. Ilgarigisi 3 oy işladi, undan ilgarigisi esa yarim yil işlagan edi”, – deydi jurnalist.
Joriy yilning may oyida yangi boşliq tayinlangan edi. Ammo u soğliğidagi muammolar tufayli işdan böşadi. Iyulda uning örnini Izzat Yöldoşev egalladi. Bu şaxs ikki yil muqaddam ham aynan şu lavozimga tayinlanib, yarim yil işlagan edi.
Rahmatullayevning yozişiça, 2014 yilning oktabr oyidan 2015 yilning may oyiga qadar tayinlangan rahbarlardan heç biri soha mutaxassisi bölmagan edi.
“Yöldoşev bilan uçraşib, men unga heç bölmaganda ikki-uç yil işlaşni tiladim, – deyiladi materialda. – Öz-özidan tuşunarliki, gaz tarmoğida tartib örnatiş talab qiladi. Faqatgina bitta misol keltiraman. Inspektorlar aholidan işlatilgan gaz uçun pul töplaydi, lekin kvitansiya bermaydi. Öşa inspektor işdan böşab ketsa, u töplagan pullar tegişli joyga yetib bormay qolib ketadi. Şu bois, mening taklifimça, işdan böşatilayotgan inspektordan mahalla oqsoqolidan heç qanday e'tirozlar va qarzlar yöqligi haqida ma'lumotnoma olib kelib berişni talab qiliş kerak”.