Microsoft kompaniyasi Arrow deb nomlangan Android uçun özining interfeysini yaratmoqda. Bu haqda Microsoft News xabar bermoqda.
Interfeys uçta asosiy ekran oldi: bu eng köp işlatiladigan dasturlar menyusi, eslatmalar paneli va aloqalar va izohlar paneli. Barça dasturlarga ötiş uçun foydalanuvçi standart Android’dagi kabi zarur menyuga ötişi kerak.
Ayni paytda interfeys beta-versiya (sinov versiyasi) maqomida turibdi. Uşbu interfeysning APK-faylini (Android uçun bajariluvçi fayllar) oliş uçun Google+’dagi tegişli jamoatçilikka murojaat qiliş kerak.






