Xitoyda 40 ming dona soxta Apple iPhone smartfonlarini işlab çiqargan fabrika yopildi.
Aytilişiça, ular eski telefonlarning ehtiyot qismlaridan töplangan. Mahsulot eksportga yönaltirilib, uning umumiy miqdori 120 mln yuanni (19 mln dollar) taşkil qilgan.
Bu “işlab çiqariş” joriy yilning yanvaridan boşlangan.
Soxta apparatlarga dastlab AQŞda e'tibor qaratildi, söng ular Xitoy politsiyasiga ma'lumot berdi. Fabrikani ismi keltirilmagan juftlik boşqargan. Işga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 9 kişi qamoqqa olingan.
Fabrika 14 mayda aniqlangan edi, ammo Xitoy jamoat xavfsizligi byurosi muvaffaqiyatli operatsiya haqida 26 iyul kuni axborot berdi.