Özbek döppilari xorijlik sayyohlar qiziqişiga sabab bölib kelmoqda va endilikda ular eksport qilinmoqda, deb yozadi «Biznes Deyli» naşri.

«Hunarmand» xalq ustalari uyuşmasining Namangan viloyat bölimi boşliği Ikromjon Karimov uyuşmaning yaratilgan yangi internet saytida bu haqida ma'lumot berib ötgan. Uning fikriça, hozirda MDH va uzoq xorij mamlakati sayyohlari özbek ustalarining ijod mahsuliga katta qiziqiş bilan qarab kelişmoqda.

Yaratilgan yangi saytda hunarmandlar öz mahsulotlarini reklama qilişi, sotişi uçun imkoniyatlar yaratilgan. Endilikda hunarmandlar bu sayt orqali döppilarini xorijliklarga eksport qiliş imkoniyatiga ham ega bölişadi.