Nigeriyada jangarilar Borno ştatidagi uçta aholi punktiga hujum qildi. Hujumlar oqibatida kamida 25 kişi halok böldi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Politsiyaning xabar berişiça, uşbu hujumni amalga oşirişda “Boko Haram” terrorçilik guruhi jangarilari gumon qilinmoqda. Voqea tavsilotlari ma'lum qilinmagan.

24 iyulda ham “Boko Haram” jangarilari uçta qişloqqa hujum qilgan. Oqibatda 20 dan köproq odam halok bölgan. Guvohlarning aytişiça, jangarilar mototsikllarda kelib, aholiga öq uzgan.
Terrorçilarning hujumlari oqibatida minglab nigeriyaliklar mamlakatni tark etişga majbur bölmoqdalar. 2009 yildan beri 1,5 mln dan köproq nigeriyalik öz uyini tark etgan. Şu davr içida jangarilar tomonidan 15 mingdan köproq odam öldirilgan.