2015 yilning 31 iyul kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Gana Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Tehron şahrida) Alhaji Bava Gilbert Ayembellani qabul qildi.

Elçi Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yöllangan işonç yorliqlarini topşirdi.

Suhbat çoğida Özbekiston va Gana örtasidagi, jumladan BMT, uning tuzilmalari va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasidagi aloqalarga oid masalalar muhokama qilindi.
Uçraşuvda ba'zi mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almaşildi.