AQŞning Merilend ştati gubernatori Larri Xogan Baltimor şahar qamoqxonasi – korrupsiya mojarolari bilan nom çiqargan erkaklar tergov izolyatorining yopilişini e'lon qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Xoganning aytişiça, bu qamoqhona AQŞdagi eng yomon qamoqhona hisoblanadi. “Mahbuslar tom ma'noda bu qamoqxonani boşqarardilar. Merilend soliq tölovçilari özlari bilmagan holda jinoyatçilikni moliyalaştirganlar”, deb aytmoqda gubernator.
Bundan taşqari, Xogan sudda işlari körilişini kutuvçi odamlar bu qamoqhonada ğayriinsoniy şaroitlarda saqlanganlarini ta'kidlamoqda. Xoganning aytişiça, mahbuslar va axloq-tuzatiş muassasasining xodimlari boşqa qamoqhonalarga ötkaziladilar.
2013 yilda federal hukumat 44 nafar kişi, jumladan qamoqxonaning 27 nafar xodimiga qamoqxonada giyohvand moddalar sotiş, pul yuviş va tovlamaçilik bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhni taşkil etganlik ayblovini qöygan.
Qamoqhona AQŞdagi Fuqarolik uruşidan (1861–1865 y.y.) oldin qurilgan va uzoq vaqt davomida xavfli deb hisoblangan. “Fuqarolar erkinliklari himoyasi Amerika ittifoqi” iyun oyida uşbu qamoqxonada mavjud bölgan yomon şaroitlar va tibbiy ta'minotning yetarli emasligi tufayli mahbuslarning hayoti xavf ostida ekanligini qayd qilgan.






