Özbekiston prezidentining “Bolalar uçun köp ixtisosli tibbiy markaz yaratiş” loyihasi realizatsiyasi borasidagi qaroriga binoan EDCF (Economic Development Cooperation Fund – Taraqqiyot va hamkorlik iqtisodiy jamğarmasi) taqdim etgan mablağ hisobiga Özbekiston hukumati va Koreya eksport-import banki bilan şartnoma imzolandi. Unga köra, özbekistonlik pediatrlar Koreya Respublikasida malaka oşirib qaytadi.
Şu bilan boğliq ravişda soğliqni saqlaş vazirligi Pusan milliy universitetining Yangsan şifoxonasida bir yillik ta'lim dasturi böyiça pediatrlar örtasida tanlov e'lon qildi. Ta'lim quyidagi yönalişlarda amalga oşiriladi: kardiologiya, yurak-tomir jarrohligi, nevrologiya, neyrojarrohlik, endokrinologiya, nefrologiya, allergiya, respirator va tez yordam, oftalmologiya, infeksiya va klinik immunologiya, gastroenterologiya va nutritsiologiya, plastik jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya, gematologiya va onkologiya, neonatologiya va tez yordam, reabilitatsiya, laboratoriya tibbiyoti.