Samarqand davlat arxitektura quriliş instituti qabul komissiyasining mas'ul kotibi, institutning ma'naviy va ma'rifiy işlar böyiça prorektori Ğayrat Yaxşiboyev abituriyentdan katta miqdorda pul oliş çoğida huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari tomonidan qölga olindi. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev yozmoqda.
Aytilişiça, u qabul komissiyasi a'zosi, institut kasaba uyuşmasi raisi Muzaffar Mahammatov bilan şeriklikda abituriyent qizga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, katta miqdorda pul olgan.
Rahmatullayevning yozişiça, Başorat ismli abituriyent 2009 yildan buyon 7 marta imtihondan yiqilgan, şu bois bunday işga qöl urgan. Ğayrat Yaxşiboyev undan 4 ming dollar söragan, pullarni esa Mahammatov olişi kerak bölgan. Ammo Başoratning bunça pul bölmagani uçun u huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan.
“Men singlim Mastura bilan pullarni Mahammatovning kabinetiga olib keldim. 4 ming dollar oliş paytida u qölga olindi”, – deydi qiz.
Samarqand arxitektura institutining prorektori abituriyentdan pora oliş ustida qölga olindi
15:08 / 02.08.20159 7912 min






