AQŞDa "Liberal Bi Jyeys" va "San-Diyego Ueyvs" jamoalari örtasidagi öyinda 9 yoşli beysbolçi Kayzer Karlayl boşiga urilgan bita zarbasi tufayli jon berdi. Bu haqda "Liberal Bi Jyeys" jamoasining feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
"Katta afsus bilan Kayzerning ota-onasi va yaqinlariga öz hamdardligimizni bildiramiz. Barçadan uning oilasi va yaqinlarini qöllab-quvvatlaşini söraymiz", deb yoziladi ta'ziyanomada.
Ma'lum bölişiça, bu fojia yuz bergan öyin 1 avgust kuni Kanzas ştatidagi Liberal şahrida ötkazilgan. Assoşeyted Press naşri xabariga köra, öyinçilardan biri tasodifan Karlaylning boşiga urib yuborgan. Karlaylning boşida himoya dubulğasi kiyilgan, lekin bu uni ölimdan saqlab qola olmagan.






