HSBC bank guruhi Braziliya bölinmasini 5.2 mlrd dollarga sotadi. Uni Braziliyaning eng yirik banklaridan biri bölgan Banco Bradesco sotib olmoqçi.
Bloomberg agentligining yozişiça, şartnoma naqd pul bilan realizatsiya qiladi, ammo uning narxi biroz özgarişi mumkin. Bundan taşqari, HSBC Braziliyadagi yirik korporativ mijozlarga xizmat körsatiş böyiça operatsiyalarni saqlab qolmoqçi.
Bankning soliqqaça bölgan daromadi 2015 yilning birinçi yarmida 10 foizga ösib, 13.6 mlrd dollarni taşkil qildi. Ötgan yilning birinçi yarmida bu körsatkiç 12.3 mlrd dollarga teng edi. Tuşum 31.1 mlrd dollardan 32.9 mlrd dollarga yetdi.






