Joriy yilning 29 iyulida Toşkentda Özbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasining hay'at yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda qömitaning 2015 yilning birinçi yarim yilligi böyiça tabiatni muhofaza qiliş qonunçiligiga rioya qiliniş nazoratini ta'minlaş böyiça faoliyati natijalariga yakun yasaldi.
Qömita matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, hisobot davrida xöjalik sub'yektlarini tekşiriş reja-jadvali böyiça 432 ta xöjalik sub'yekti faoliyati tekşirildi. Atrof-muhit ifloslanişining 151,5 mingta manbasi asboblar yordamida tekşirildi va atrof-muhitga çiqindilar va ifloslantiruvçi moddalarni çiqarişning belgilangan me'yorlaridan oşib ketgan 8,2 mingtadan köproq ifloslaniş manbasi aniqlandi. Şu munosabat bilan javob çoralari körildi.
Atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat nazorati natijalariga köra, tabiatni muhofaza qiliş qonunçiligini buzganlik uçun 11,3 ming nafar rahbar şaxs va fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortildi. Qömita inspektorlari tomonidan atrof-muhitga zarar yetkaziş böyiça 1998,3 mln sömlik jarimalar va zararni qoplaş da'volari solindi, 1804,3 mln söm miqdorida jarima va tavon puli undirildi. Tekşirişlar davomida brakonerlardan 318 ta miltiq va 1128 tör materiallari musodara qilindi.






