Qirğiziston Fanlar Akademiyasi seysmologiya instuti ekspertlari 2015 yili butun mamlakat hududida seysmik faollikning oşişini kutmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Janubiy Qirğizistondagi eng xavfli hududlar Öş va Batken viloyatlarining Tojikiston va XXR bilan çegaradoş tumanlari bölib, ularda 7-9 balli silkinişlar sodir bölişi mumkin.
Ikkinçi örinda Şimoliy Tyanşan (Issiqköl viloyati) va Janubiy Farğona yoriği (Öş, Batken) hududlari turibdi.
Bundan taşqari, iqlim özgarişlari butun mamlakat hududida tabiiy ekzogen jarayonlarning faollaşuviga olib keladi, bu jarayon avgustdan boşlanadi. Havo harorati özgarişlari, şamolning kuçayişi hamda kuçli yoğingarçilik sellar va toşqinlarga, öpirilişlarga olib kelişi mumkin.






