Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov içki işlar vazirligi qoşidagi yangi pilotsiz uçar apparatlar markazi işini boşlab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaz xollida örnatilgan monitor bu yerda olib borilayotgan işlarni bevosita kuzatib boriş imkonini beradi. Markaz asosan dronlar yasaş va ularni işga tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Radioelektronika bölimi bilan tanişiş çoğida Berdimuhamedov uçar apparatlar konstruksiyasiga qiziqiş bildirdi va bu borada markazda işlayotgan mutaxassislardan batafsil tuşuntirişlar oldi.
Şuningdek, uning uçun tayyor dronning parvozi namoyiş etib berildi.






