Bosniya va Gertsogovina poytaxti Sarayevo şahrida davom etayotgan dzyudo böyiça ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida özbekistonlik sportçi ilk medalni qölga kiritdi.
Qizlar örtasida -48 kilogramm vazn toifasida tatamiga çiqqan Diyora Keldiyorova barça raqibalarini mağlubiyatga uçratib, oltin medalga sazovor böldi.
U dastlab vengriyalik Aleksandra Marotini 2:45 daqiqada taslim etdi. Ikkinçi davrada gollandiyalik Aniyek Norderni 38 soniyada, braziliyalik Gabriyela Klimenteni 14 soniyada, yarim finalda turkiyalik Tukjye Bederni 1:20 daqiqada finalda esa boşqa bir gollandiyalik dzyudoçi Yoriyen Visser 1:39 daqiqada mağlub etildi.






