8 avgustda butun dunyodagi barça alpinistlarning bayrami nişonlanadi.

Bu bayramning paydo bölişiga ikki şveysariyalik – şifokor Mişel-Gabriel Pakkard va toğ yölboşlovçisi Jak Balma sababçi bölgan. Ular 1786 yil 7 avgustda birinçi bölib Alpning eng yuqori nuqtasi – balandligi dengiz sathidan 4810 metr bölgan Monblan çöqqisini zabt etişgan.

Siz özingizni alpinist deb hisoblaşingiz mumkin, agar:
1. Siz siyqasi çiqib ketgan jinsi şim yoki sviterda yurişingiz mumkin, lekin şu bilan birga 500 dollarlik gorteks kiyimga (turli şaroitlarga möljallangan maxsus kiyim) ega bölsangiz.
2. Döstingizning muzyorgiç boltasidan muzni puflab tuşirmoqçi bölganingizda, biror marta bölsa ham unga labingiz sovuqdan yopişib qolgan bölsa.
3. Siz tomorqangizdagi yerni muzyorgiç bolta bilan çopsangiz.
4. Sizda töyingizdagi fotosuratlardan köra toğda tuşgan fotosuratlaringiz köproq bölsa.
5. Tanangizning biror qismidan biror marta bölsa ham sumalak osilib tuşgan bölsa.
6. Siz biror marta şunday balandlikdan qulab tuşgansizki, arqonda osilib qolguningizgaça sizdagi barça andrenalin tugab bölgan bölsa.
7. Sizning quyoşdan himoyalovçi kremingiz sizga eng kerak bölgan payt qotib qolgan bölsa.
8. Siz sovuq deb ataydigan harorat termometr şkalasida mavjud bölmasa.
9. Sizga Hillari ismi Klinton yoki Oq uydagi mojarolarni emas, Everestni eslatsa (Everestni birinçi zabt etgan ikki kişidan biri – Ser Edmund Persival Hillari nazarda tutilmoqda).
10. Sizning ta'rifingizda şam yoğdusida keçki ovqat tanovvul qiliş “Şamda muzni eritib, idişlarga quyib çiqiş” degan ma'noni anglatsa.

Bu kunni nafaqat toğ çöqqilarini zabt etuvçi qörqmas alpinistlar, balki sanoat alpinizmi bilan şuğullanuvçilar ham öz bayramlari deb hisoblaydilar. Yil sayin dunyoda baland imoratlar köpayib bormoqda va bunday mutaxassislar bu binolarning oynalari va fasadlarini yuvişlari, böyaş va ta'mirlaş işlarini ötkazişlari, reklama şitlarini örnatişlari, konditsionerni mahkamlaş va şu kabi işlarni bajarişlari mumkin.