"Roma" jamoasi hujumçisi Françesko Totti "Barselona"ga qarşi örtoqlik uçraşuvidan keyin bergan intervyusida raqib jamoaning argentinalik hujumçisi Lionel Messining sifatlari haqida fikr bildirib ötgan.
"Biz "Barselona" bilan "Nou Kamp"da öyin ötkazdik. Bunday jamoaga qarşi öynaş har qanday jamoa uçun foydalidir. Luis Enrike bilan yana körişganimizdan mamnun böldim. U bu vaqt içida YeÇL ğolibi bölişga ulgurdi.
Men Messi haqida ham gapirişni istardim. U öziga öxşaş odamlar orasida ham eng oliyjanob odam. U mehribonlarning ramzidir. Leo futbolçi sifatida buyuk va odam sifatida esa şu qadar kamtarin", deydi Totti.
Eslatib ötamiz, 5 avgust kuni ötkazilgan öyindan keyin bu ikki futbolçi birgalikda selfiga tuşişgan edi.






