Ötgan mavsum çempionlari bölmiş "Çelsi" futbolçilari 8 avgust oqşomida Londondagi "Stemford Brij"da ötkazilgan "Suonsi" jamoasiga qarşi yangi mavsumning birinçi tur uçraşuvida durang hisob qayd etişdi.
Öyinda dastlab mezbonlar futbolçisi Oskar hisobni oçdi. 23 daqiqada urilgan bu golga 6 daqiqa ötar-ötmas uelsliklarning yozgi transferlar vaqtidagi eng omadli xaridi, "Marsel"ning ganalik sobiq futbolçi Andre Ayyu javob qaytardi. 1 daqiqa ötmasdan "Suonsi" himoyaçisi Fernandes tomonidan urilgan avtogol hisobni 2:1 körinişiga olib keldi.
Öyinning eng dramatik voqeasi esa 52 daqiqada röy berdi. "Çelsi" darvozaboni Tibo Kurtua jarima maydonçasi içida qöpollik işlatdi va hakam uni öyindan çetlatib, 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Uning Oskar örniga maydonga tuşgan ikkinçi darvozabon Asmir Begoviç esa Gomis yöllagan zarbani qaytara olmadi va hisob tenglaşdi. Bu hisob öyin oxirigaça saqlanib qoldi.
Çelsi – Suonsi 2:2
Gollar: 1:0 – 23 Oskar, 1:1 – 29 Ayyu, 2:1 – 30, avtogol Fernandes, 2:2 – 55, penalti Gomis.
Çelsi – Kurtua, Ivanoviç, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Matiç, Fabregas (Zuma, 76), Oskar (Begoviç, 54), Villian (Falkao, 84), Azar, Diyego Kosta.
Suonsi – Fabianski, Uilyams, Fernandes, Teylor, Noton, Sigurdsson, Ki Son Yen (Kork, 41), Ayyu, Şelvi, Montero (Rautledj, 71), Gomis (Eder, 79).
Ogohlantirişlar: Şelvi (18), Kork (45), Terri (54).
Çetlatiş: Kurtua (52).






