Internet tarmoğining eng yirik loyihasi Google kompaniyasi özining taşkiliy strukturasini özgartirdi va Alphabet Inc. nomli yangi xolding kompaniyasini taşkil qildi.

Endi mazkur xolding kompaniyasi tarkibiga Google qidiruv tizimi bilan bilan bir qatorda YouTube va Android ham kiradi.

Alphabet xolding kompaniyasining prezidentligiga Google asosçisi Sergey Brin tayinlandi. Googlening yangi rahbari etib esa Chrome brauzeri va Android operatsion tizimi böyiça javobgar bölib kelgan Sundar Piçai tayinlandi.

Google`ning barça turdagi aksiyalari endilikda huquqiy taraflama Alphabet xolding kompaniyasi hisobiga ötkaziladi. Alphabet uçun maxsus portal abc.xyz domeniga joylaştiriladi