Rossiyaliklar va gretsiyaliklar Yevropa hududidagi davlatlar içida eng kam samara beradigan işçilar deb topildi. Bu haqda Bloomberg naşri Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik taşkiloti bergan statistik ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.
Taşkilot bergan ma'lumotda yozilişiça, ruslar bir yil davomida örtaça 1982 soat vaqtini işga sarflaşsa, greklar yil davomida 2034 soat iş bilan band bölişadi. Ammo bu iqtisodiy ösiş sur'atlariga sezilarli ta'sir körsata olmaydi, deb yozadi agentlik.
Rossiya YaIM ösişi böyiça har soatlik işi örtaça 25,9 dollarni taşkil qilsa, Gretsiyada bu körsatkiç 36,2 dollarga ösişga erişgan. Taqqoslaş uçun Yevropa Ittifoqi davlatlarining bu boradagi örtaça körsatkiçi soatiga 50 dollarni taşkil qiladi.






