Rossiyalik taniqli sport şarhlovçisi Vasiliy Utkin “Matç TV” telekanalining boş prodyuseri etib tayinlangan Tina Kandelaki rahbarligida işlaş şarmandali deb hisoblaydi.
“Hamma narsani öz ismi bilan ataş kerak. Hozir bölayotgan narsalarni şarmandalik deb baholaşdan boşqa iloj yöq. Tina Kandelaki kallai saharlab baxtsiz fotografni uyğotib, öz jismoniy tarbiyasini sport deb ataydi. Men umrimning yarmini buni köriş uçun sarflamadim. Gap şaxslarda emas. Gap jirkanişda. Bu kurakda turmaydi. Sport haqida heç kim Kandelakiçalik jön, palağda va jirkanç gapirmaydi. Bu fojia. Tina Kandelaki rahbarligi ostida sport kanalida işlaş şarmandali, bu kasbga sarflangan yillarga xiyonatdir”, – deb yozdi Utkin öz blogida.
“Men yoş emasman, va hayotiy kuçlarimni bunaqa bema'nigarçilikka sarflaşni istamayman, – davom etdi sözida jurnalist. – Bu juda katta imkoniyat – milliy sport kanalini oçiş; bu imkoniyatga ega böliş uçun biz jiddiy raqobatga doş berdik va tomoşabinlar işonçini qozona oldik. Mening uçun bu butun hayotim işi böldi; boşqalar uçun bu şunçaki mansab yölidagi imkoniyat bölişi mumkin, ularni qoralamayman. Bu şunçaki mening tarixim emas. Men oxirgi paytlarda kamroq öqiydigan böldim”