Xitoyning «Buyuk Xitoy xavfsizlik devori» nomi bilan maşhur «Oltin qalqon» tizimi Alphabet kompaniyasi saytini mamlakat hududida çeklab qöydi. Bu haqda 9to5Google naşri xabar tarqatdi.
Google va uning boşqa loyihalariga egalik qiluvçi Alphabet kompaniyasini Larri Peyj va Sergey Brin taşkil qilgan.
Xitoy hukumati hozirda Google`ni mamlakat hududida taqiqlab qöygan. Şu ma'noda yangi xolding kompaniyasi sayti ham bloklab qöyildi.
9to5Google naşri muharrirlari bu iş avtomatik ravişda amalga oşgan bölişi mumkinligini ham ta'kidlaşgan. Sababi mazkur sayt ham Google SSL-sertifikati asosida işlaydi. Bu turdagi sertifikatlar esa avtomatik ravişda blokirovka qilinişi mumkin.






