Misrda havo haroratining kötarilib ketişi oqibatida 60 kişi halok böldi. Ularning bir qismini quyoş urgan, bir qismida esa issiq tufayli yurak xuruji kelib çiqqan. Bu haqda Misr soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumot berdi.
Oxirgi bir neça kun davomida Misrning köpçilik hududlarida havo harorati 40 darajadan pastga tuşmayapti, janubiy viloyatlarda esa 50 gradusga yetmoqda.
Ölimlarning asosiy qismi poytaxt şahar Qohirada qayd qilingan. Seşanba kunining özidayoq uşbu megapolisda quyoş urişidan 10 kişi halok böldi.
Şuningdek, issiqlik tufayli 581 kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Yaqin kunlar içida havo harorati oşişda davom etadi.






