Bethesda kompaniyasi Fallout Shelter mobil öyinining Android platformasiga möljallangan versiyasini çiqardi. Öyinni Google Play onlayn dökonidan köçirib oliş mumkin.
Fallout Shelter’da öyinçiga öz bunkerini yaratib, u yerda odamlar sonini köpaytiriş taklif qilinadi. Öyinçi özi yaratgan jamoani boşqarişi va rivojlantirişi talab qilinadi.
Kompyuter va konsollarga möljallangan Fallout’dagi singari, Shelter’da ham voqealar atom uruşidan soğ qolgan odamlar bunkerlarda va boşpanalarda yaşirinib kun keçirayotgan postapokaliptik dunyoda sodir böladi.
Öyinning iOS platformasiga möljallangan versiyasi dunyoning 48 mamlakatida eng köp köçirilgan ilovalardan biriga aylandi.






