16 avgust kuni Toşkent şahridagi City Centre Orzu savdo majmuasi röparasida joylaşgan avtoturargohda retro avtomobillar körgazmasi bölib ötadi. ReTRO.UZ avtomobilçilar klubi ma'lumotiga köra, körgazmada işlab çiqarilganiga 60 yildan oşgan 20 dan ziyod noyob avtomobillar namoyiş etiladi.

“Barça avtomobillar işçi holatiga qadar restavratsiya qilingan bölib, ular yangidek körinadi. Ba'zilarining divigatellarini ham işga tuşirib köriş mumkin. Mavzkur avtomobillarning har biri köp yillik tarixga ega. Taşrif buyuruvçilar nafaqat avtomobillarni tomoşa qilib, ular fonida esdalikka rasmga tuşişlari, balki haydovçi kabinasida ötirib, özlarini ötmiş davrlardagidek his etişlari, bir olam yorqin hissiyotlarga ega bölişlari ham mumkin.

Kiriş barça uçun bepul!” deya tasdiqlaşdi körgazma taşkilotçilari.