Londonning "Tottenhem" jamoasi "Vest Bromviç"dan Saydo Beraxinoni transfer qiliş böyiça muzokaralarda muvaffaqiyatga erişişiga işonmoqda.
"Vest Bromviç" uşbu yoş hujumçisi uçun 25 mln funt söramoqda.
Qayd etiş joizki, "şporlar" bu yozda transfer bozorida ötgan mavsumlardagi kabi faollik körsatişmayapti. Lekin jamoa öz safiga yuqori toifali hujumçi qöşib olişni niyat qilgan.
Daily Mail naşrida yozilişiça, "Tottenhem"dagilar Beraxinoning özi "Uayt Xart Leyn"ga kelişga oşiqayotgani haqida gapirişmoqda.
Futbolçining iştiyoqi evaziga bu transfer amalga oşişi oson keçişi kutilmoqda.
Ayni vaqtda "Tottenhem" futbolçi uçun söralayotgan mablağning yarmini, ya'ni 12,5 mln funtni berişga roziligini bildirgan.
Taxmin qilinişiça, 22 yoşli futbolçining transferi oxir-oqibat 18 mln funt evaziga amalga oşadi.
Ma'lumot uçun, burundilik uşbu hujumçi ötgan mavsumda "Vest Bromviç" safida 38 öyinda iştirok etib, 14ta gol urgan hamda bitta golli uzatma muallifi bölgan.






