Bolgariyalik sobiq futbolçi Xristo Stoiçkov "MYu" boş murabbiyi Lui van Gaalni tanqid qilib ötdi.
"Men heç qaçon van Gaalning qöl ostida işlamagan bölar edim. U bir vaqtlar "Barselona"ni barbod qilgan va endi "Mançester Yunayted"ning boşiga şu kunni solmoqda.
Valdesga nisbatan qilgan işidan söng u qay darajada yomon odam ekani aniq bölib ulgurgan edi. Umid qilamanki, Pedro menga quloq soladi va "MYu"ga ötmaydi", - deydi Stoiçkov Onda Cero naşriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uçun, gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal 1997 yilda "Barselona"ga boş murabbiy bölib kelgaç, 1990 yildan beri jamoa safida bölgan Stoiçkov Ar-Riyodning "Al-Nasr" jamoasiga sotib yuborilgandi.






