AQŞda oddiy fuqarolar uçun ötsoçar qurollar sotilişiga ruxsat berildi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Endilikda, AQŞda bunday qurollarni sotib oliş uçun maxsus hujjat körsatiş talab qilinmaydi. AQŞda ognemyotlar "köngiloçar vosita" sifatida qabul qilinmoqda.

Xususan, Throwflame kompaniyasi 1599 dollarga 15 metr masofagaça olov çiqaradigan ognemyot modelini sotib olişni taklif qilmoqda.

Öz navbatida, Ion Productions Team kompaniyasi 900 dollarlik ognemyotlarni taklif qilgan. Bu ognemyotning ta'sir qiliş masofasi 7,5 metr.

Bunday vositalar AQŞ poçta xizmati orqali ham yetkazib berilişi yölga qöyilişi aytilgan.