Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganining 70 yilligi munosabati bilan mamlakatdagi 6527 mahbusni afv etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Umumiy afvga tuşganlar orasida SK Group oilaviy xoldingi rahbari Çoy Txe Uon ham bor. Uning rafiqasi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De Uning qizi hisoblanadi. 2013 yilda tadbirkor 40 mln dollarni öğirlaganlikda ayblanib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Bu jazo muddati bunday darajadagi tadbirkor uçun rekord muddat bölgan edi.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening aytişiça, “afv etilganlar röyxatiga kiritilgan bir qator tadbirkorlarning ozod etilişi mamlakat duç kelayotgan muammolarni hal qiliş, iqtisodiyotni kötariş va yangi işçi örinlarni yaratiş uçun zarur”.