Apple kompaniyasi haydovçisiz avtomobil yaratiş böyiça işlarni maxfiy tarzda amalga oşirmoqda. Kompaniya muhandislarining bu haqdagi yozişmalari The Guardian naşriga kelib tuşdi.
Yozişmalardan ma'lum bölişiça, Kremniy vodiysi, Tesla motors va Mercedes-Benz muhandislaridan iborat guruh Apple’ning San-Xosedagi qarorgohida işlamoqda. Taxmin qilinişiça, maşinaning birinçi modeli deyarli tayyor bölgan va tadqiqotçilar uni sinovdan ötkazişga tayyorgarlik körmoqda.
Şuningdek, sinov San-Frantsisko yaqinidagi foydalanilmaydigan GoMentum station harbiy bazasida ötkazilişi mumkinligi aytilmoqda. Ilgariroq u yerda Mercedes-Benz va Honda sinovlar ötkazgan edi. Stantsiya fuqarolar uçun yopilgan bölib, harbiylar tomonidan qöriqlanadi, şu bois u yerda maxfiy sinovlarni ötkaziş mumkin böladi. Tesla motors mutaxassislari obektni közdan keçiriş uçun ruxsat ololmagani ma'lum.
Kompaniya “Titan loyihasi” nomi osti haydovçisiz avtomobillar ustida işlayotgani haqida köpdan buyon gapirib kelinayotganiga qaramay, uşbu loyihaning mavjudligi borasidagi hujjatlar birinçi marta çop etilişi.






