Özbekiston 2100 yilda ham mintaqaning eng aholisi köp mamlakat bölib qoladi, ammo aholisi 2050 yilga nisbatan 5 mln ga kamayadi. Bu haqda BMTning butun dunyo demografiyasiga bağişlangan oxirgi hisobotida aytildi.
2030 yili Özbekiston aholisi 34.397 mln kişini, 2050 yili esa 37.126 mln kişini taşkil qiladi. Ammo yarim asrdan söng mamlakat aholisining kamayişi kutilmoqda. Şu tariqa, BMT başoratiga köra, 2100 yilga kelib Özbekiston aholisi 32.077 mln kişini taşkil qiladi.
Öşa yilga borib Qozoğistonda 24.712 mln, Tojikistonda 18.559 mln, Qirğizistonda 9.046 mln, Turkmanistonda 5.606 mln aholi istiqomat qiladi.
BMT hisobotida körsatilişiça, 2015 yili Özbekiston aholisi 29.893 mln kişini taşkil qilmoqda. Özbekiston davlat statistika qömitasining ma'lumotlariga köra esa, 2013 yil 1 yanvar holatiga köra mamlakatda 29.5 mln kişi istiqomat qilgan.






