Kunlarning birida notöğri yöldan ketayotganingni bilib qolişing kişi uçun judayam qattiq zarba böladi. Çunki bu yölda qançadan qança kuç va vaqt sarflagan bölasizda. Endi barini boşdan boşlamoq kerak. Yoki mutlaqo boşqa yöldan ketiş kerak böladi. Bu yöl vaqtingizni tejaşi ham mumkin. Yana bir bor xatoga yöl qöymaslik uçun, nimadir qiliş darkor. Yangi yöl qidiriş lozim. Va biz bu yölni topdik. Buning sirini biliş uçun bor yöği bir soat (!) vaqtingiz ketadi. Bu soat barçasini özgartirib yuboradi.

Yaqinda butun yer yuzi böylab 12 ming nafar işçi-xodim örtasida sörovnoma ötkazildi. Söralganlardan 70 foizining aytişiça, ijodiy iş yuritiş va strategik fikrlaş uçun ularga vaqt yetişmas ekan. The Times tarqatgan xabarga köra, kuniga 110 marta mobil telefonimizni közdan keçirar ekanmiz. Bu örtaça hisob, ayrimlarda bu körsatkiç 2-3 marta yuqori. Hatto bir kunda telefonini 900 marta közdan keçiradiganlar ham topiladi. Tasavvur qiling, qabrtoşimizga: “U elektron poçtasini tekşirgan edi”, deb yozib qöyişsa. Kulgili, ammo biz şunga qarab ketyapmiz.

Oddiygina yetti qadam butun hayotingizni özgartirib yuborişi mumkin. Ularni hayotingizning mazmun-maqsadiga aylantiring. Bu bor yöği bir soat vaqtingizni oladi. Bu ketgan keyingi soatingizni boşqaça qilib yuboradi.

1 qadam

Zamonaviy sivilizatsiyadagi giperfaol va noinsoniy bölgan maromdan tabiiy maromni his etiş uçun tabiat bağriga çiqing.

2 qadam

Qoğoz olib şunday deb yozing: “Hayotimda bir hafta qolgan bölganida nima qilardim?”. Söngra savolga javob beriş uçun 10 daqiqa ajrating.

3 qadam

Endi quyidagiça savol yozing: “Agar umrimdan bir oy qolgan bölsaçi?” 10 daqiqa bu savolga ham vaqt ajrating.

4 qadam

Savol yozing: “Yaşaşimga bor yöği bir yil qolgan bölsaçi?”. Javob uçun 10 daqiqa ajrating.

5 qadam

Savol yozing: “Yaşaşim uçun beş yil qolgan bölsaçi?”. Javob berişingiz uçun 10 daqiqangiz bor.

6 qadam

Savol yozing: “Yaşaşim uçun butun bir hayot yöli turgan bölsaçi?”. Bu savolga javob berişingiz uçun ham 10 daqiqangiz bor.