Xorazm viloyatining Qöşköpir tumanida joylaşgan Yangilik qörğonida joylaşgan “Ibrat Rözmat” oilaviy parrandaçilik korxonasida ördak, kurka, qirğovul, tovus, bedana bilan bir qatorda tuyaquşlar boqilmoqda. Bu haqdagi maqola “Pravda Vostoka” gazetasida çop etildi.

“Parrandaçilki istiqbolli sohadir, – dedi xöjalik boşqaruvçisi Zamira Jumaniyozova. – Ördaklar, kurkalardan iş boşlagan edik. Bir yil muqaddam Buxoroda tuyaquş boqiş bilan şuğullanadigan xöjalik bor ekanligini bildik. Bilişimizça, ular bugungi kunda nafaqat Janubiy Afrikada, balki dunyoning boşqa hududlarida joylaşgan 50ta mamlakatda boqilar ekan. Masalan, Şvetsiyada. Ğoya istiqbolli tuyuldi, va biz buni sinab körişga qaror qildik”.

Ta'kidlanişiça, tuyaquş boqiş boşqa quşlarni boqişdan qiyin emas, faqatgina ayrim öziga xosliklarni biliş talab etiladi. Masalan, ular yaylovda öt qidiriş bilan vaqt ötkazişni yaxşi körişadi, şu bois tuyaquşlarni keng dalada boqiş maqsadga muvofiq.
Tuyaquşlar 3 yoşida 80-90 kg ni taşkil qiladi. Kelajakda oilaviy korxona tuyaquş göştidan taomlar tayyorlaşni rejalaştirmoqda.